Kinoda 5 ta jinoyatchi oʻsmirlar politsiyachilarni oʻlguday yomon koʻradi. Faqat ularga qarshi ish qiladi.

Qoʻlidan kelgancha ularni qiynab oʻldirish payida boʻladi. Jamiyatga xavf keltiradi.

Sababi bandit oʻsmirlar boshligʻi — Joʻ ning otasi politsiya xodimi boʻladi:

Faqat kaltaklab katta qilib, umuman mehr koʻrsatmaydi.

Jo esa otasidan ham nafratlanadi, ham uning maqtovini eshitishni orzu qilib yashaydi.

Kutuvi amalga oshmagach, alamzada holda jamiyatdan, politsiyachilardan qasos oladi.

Meni eʼtiborimni tortgan joyi — Joʻning oilasidagi nosogʻlom muhit, umuman farzand tarbiyasidagi katta xatolarni kino 2 daqiqada zoʻr yoritib bergan.

Koʻring, xulosa oʻzingizdan.