Kecha "Curse Of Knowledge" haqida yozgan postimda koʻpchilik muammoning yechimi haqida soʻrashdi.
Quyida ilm laʼnatini oldini olish boʻyicha 8 ta maslahat berib oʻtaman:
1. Avvalambor, qoidani yodingizda tuting — siz bilgan narsani hamma bilmaydi.
Hattoki eng ilgʻor oʻquvchilardan iborat sinf ham.
2. Dars oʻtishdan avval mavzu boʻyicha bolalarning bilimlarini tekshirib oling.
3. Koʻpchilikka notanish boʻlgan ilmiy-murakkab soʻzlar ishlatmang.
4. Mavzuni tushuntirishdan oldin qisqagina mavzu kontekstini (tarixini) eslab oʻting.
Masalan: Bugun sovuq urush haqida gaplashamiz. Esingizda boʻlsa sovuq urush — Rossiya va Amerikaning qurolsiz bellashuvi edi.
5. Dars tushunarli boʻlayotganini tekshirish uchun — tez-tez savollar berib turing.
6. Oʻzingizni oʻquvchi oʻrniga qoʻyib koʻring — nimalar tomosha qiladi, nimalar qiladi, qaysi "planeta"da yashaydi...
7. Rasmlardan foydalaning.
8. Darsingizni tushuntirishda koʻproq — hayotiy misollar bering:
— Elektr plita 230 Volt, 50 Hertz quvvat manbaida ishlaydi. ❌
— Elektr gaz plita 230 Volt, 50 Hertz quvvat manbaida ishlaydi — bu degani koʻpchilik uy elektr rozetkalariga mos keladi. ✅
— 2014 yil Facebook whatsappni 19 milliardga sotib olgan. ❌
— 2014 yil Facebook whatsapp dasturini 19 milliardga sotib olgan — bu 23,750,000,000 ta tarvuz yoki 1,266,667 ta Gentra mashinasiga teng degani. ✅
Ishingizga rivoj! 🫡