Bizda koʻpchilik ustoz boʻlishdan qochadi, deb qoldi. Sababi — stress.
— Iya, sizlarda ham shu muammo bormi? — qiziqdik.
Bizga oʻxshab tugʻilish baland, yoshlar soni koʻp boʻlmasa. Bitta sinfda 40 ta bola oʻtirmasa?
Sababini tushuntirdi:
Germaniyalik oilalar odatda bitta farzand koʻrishadi. Bor umidi shu bitta farzandida boʻladi.
Natijada boladan keragidan ortiqcha kutuvlari boʻladi. Oʻta talabchan boʻlishadi.
Boladan kutuvlari “yuqumli” boʻlib, bu maktabga, keyin esa oʻqituvchilarga oʻtadi.
Yaʼni ota-onalar oʻqituvchilarga nisbatan juda talabchan boʻlishadi. Farzandi baholari biroz past chiqsa, darrov aralashib, oʻqituvchilarga bosim berib tashlashadi.
Shu sababli ham bizda oʻqituvchilik — stress.
Koʻpchilik ishlay olmaydi dedi.
Eshitib turib, bir maqol hayolimga keldi:
Har yerni qilma orzu, har yerda bor tosh-u tarozu…