1. Ota oʻgʻli chekkanini koʻrsa jazolaydi — ammo oʻzi chekadi.
2. Darsga/Ishga kelmagan xodim emas — kelganlar uni oʻrniga gap eshitadi.
3. Ota-ona farzandini qoʻrqoq qilib qoʻyadida — keyin umr boʻyi qoʻrqoqligi uchun yerga uradi.
4. Koʻpchilik oʻz dangasaligi sababli kam maosh oladi — lekin bunga davlatni aybdor qiladi.
5. Avval oʻzi ehson qilmasdan, yana rizqi torligi uchun hayotni malomat qiladi.
6. Oʻzi umrida yugurib koʻrmagan, ammo futbol terma jamoasini ustidan kulishni qoyillatadi.
7. Qishloqliklar "Asalni tozasi aka" deb shaharliklarga oʻtkazadi, shaharliklar "Aka telefonni dodasi" deb buzuq telefonni qishloqliklarga oʻtkazadi.
Keyin bir-birini firibgarlikda ayblaydi.
8. Ota-ona farzandini harom luqma bilan katta qiladi-da, farzandi isyonkor boʻlsa, "Qaysi gunohlarim uchun?" deya taqdirdan norozi boʻladi.
9. Baʼzi yigitlar bir nechta qizlar bilan gaplashadi-da, oʻzi hech kim bilan gaplashmagan qizni izlaydi.
10. Farzand biror biznes boshlamoqchi boʻlsa, "Hali yosh bolasan", uyda biror ish qilish kerak boʻlsa, "Kap-katta yigit boʻlib qolding".
11. Baʼzilar birovni muammolariga qiziqmaydi-da, yana uni muammolariga hamma eʼtibor qaratishini xohlaydi.
12. Koʻpchilik soat 10 gacha uxlaydi-da, yana "Vaqtimizda baraka yoʻq", deb zamonni ayblaydi.
Siz yana qanday gʻalati adolatsizliklaga guvohi boʻlgansiz?