Koʻpchilik mendan qanday qilib toʻyib uxlashimni va kun boʻyi tetik yurishim boʻyicha savollar soʻraydi

Javobini sizlarga ham ilindim

1. Uyqudan eng kamida yarim soat oldin har qanaqangi yorugʻlik — telefon, televizor, kompyuter va hkzʼlarga tikilishni toʻxtating.

Bu amal uyquga ketishni tezlashtiribgina qolmay, chuqur uyqu (deep sleep) fazasiga tushishingizga ham sababchi boʻladi.

2. Erta uxlang. Chuqur uyqu vaqti 22:00 - 00:00 oraligʻida ekanligi aniqlangan. Shunday ekan, shu vaqt mobaynidagi uyqu sifatli va toʻyimli hisoblanadi.

3. Tong quyoshi koʻtarilayotganda uygʻoq boʻling va iloji boʻlsa quyoshni 10 - 15 daqiqa tomosha qiling.

Kunning ayni shu vaqtida — insonning tanasida «kortizol» nomli gormon ajralib chiqadi. Bu gormon insonga glyukoza va energiya berib, kun boʻyi tetik va yaxshi kayfiyatda yurishingizga, qolaversa, keyingi kun uyqu tartibingiz joyiga tushishiga xizmat qiladi.

4. Kunduz kuni qaylula yaʼni yengil uyqu qilib oling. Qaylulagacha koʻrgan charchoqlaringizni chiqarib, kunning keyingi yarimida samarador boʻlishingizga yoʻl ochadi.

5. Eng muhimi — oʻqiganlaringizga amal qiling!

Sizga barakali uyqu tilab, oʻzi bu tartibga bir haftadan beri amal qila olmay, postni 22:58 da joylayotgan — admin..