Oʻquvchilari yoki farzandlari xudbin, faqat oʻzini oʻylaydigan — egoist boʻlib tarbiya topgan ustoz va ota-onaga hafas qilib boʻlmaydi.
Qanday qilib egoizmni oldini olish mumkin?
1. Imkon qadar vaziyatni bola maqsadiga injiqlik va koʻz yosh bilan yetishigacha olib bormaslik.
2. Bola eʼtiborini biror narsa tanho unda mavjudligiga urgʻu bermaslik.
3. Nimaningdir oxirgisini berayotganda, yaxshisi bola koʻz oʻngida uni birov bilan boʻlishib berish.
4. Boshqa odamlarning ijobiy tomonlari haqida fikr bildirishga ragʻbatlantirish.
5. Bolani doimo undan ortda qolayotgan tengdoshlari bilan solishtirishdan saqlanish.
6. Uy ishlarida qoʻlidan kelganicha yordam berishga odatlantirish.
7. Uning uchun boshqalar nimanidir qurbon berayotganini koʻrsatmaslik.
Eng muhimi, shuni unutmaslik kerakki, egoizm, yaʼni xudbinlik koʻp jihatdan odam oʻzini tanlangan, goʻyoki oʻzgacha ekani hissidan unib chiqadi.
Shu bois bolaga oʻzimizning chin muhabbatimizni namoyon etishda hamda unda oʻziga nisbatan ishonchni oshirishda xushyor harakat qilishimiz zarur.
Zero, ustozlik va ota-onalik mehri yakunda hamdard va gʻamhoʻr insonni tarbiya qilsin.