Sinfdoshim — Sarvar ikkichi boʻlsada, kuratorimiz yaxshi baho qoʻyardi. Onasi bilan gap oʻynashardi chunki.

Shahzodga esa biologiyadan doimo besh chiqardi. Biologiya ustozi qoʻshnisi edi.

Kursdoshim Mannop yozishni bilmasa-da, semestrni beshga yopgandi. Onasi direktorimizning yaqin dugonasi edi.

Saidakbar tarixdan yaxshi baho olardi: yozda ustozni uyini taʼmirlab bergandi.

Eslasam misollar koʻp..

Oʻquvchilar yosh bola. Bilmayapti, sezmayapti deb oʻylashardi.

Hammasini koʻrib turardik: ustozdan ham, oʻgʻilchadan ham nafratlanardik. Hurmat qilmasdik.

Ustozlardan iltimosim:

Oʻquvchilardan oʻgʻilcha yasab olishni bas qilaylik. Yarashmaydi. Obroʻyimizni toʻkadi.

Qaysidir oʻquvchilarni koʻproq yaxshi koʻrishingiz tabiiy, lekin sezdirish xato.

Xulosa

Adolatli boʻling — hurmatga erishasiz!

P.s: Sizning sinfingizda ham «oʻgʻilcha» oʻquvchilar boʻlganmi? Yozib qoldiring.