Nega darrov salbiy post yozadi deb oʻylayabsiz?
Sovet davri kommunistlari oʻz siyosati yoʻlida — puldorlarni yomon otliqqa chiqarib, ularni quvgʻin qildi.
Ushbu davr gazeta-yu, televizorlarida boylarni — baxil va yovuz, kambagʻallarni esa — sodda, samimiy, mehnatkash qilib taʼrifladi.
Bu bilan mulkdorlarni — mulkini olish, kambagʻallarni — «motivatsiya» berib ishlatish zimdan koʻzlangan edi.
Oʻzbekkino ham tayyorgina shu andozani oldi qoʻydi:
Qiz baxil boyning farzandi, bola esa samimiy kambagʻal.
Shu bilan xalqimizda boylar — ziqna va yomon, degan tushuncha hozirgacha shakllanib kelyaptimi deymanda..
— Mohir, qayerda ishlayapsan?
— Men: Palonchi maktabda.
— Ha, u yerda boylarni bolasi oʻqiydi. Rosa ustozni mensimaydigan bezori boʻlsa kerak-a?
— 🤦♂️.
Shunday kambagʻal oʻquvchilarni koʻrdimki — oʻta kibrli, burni osmonda;
Shunday boylarni koʻrdimki — oʻta xokisor, boyligini sezmaysiz ham.
Shaxsiy xulosam:
Gap boylikda emas — tarbiyada.
Siz qanday fikrdasiz?