300 ta oʻquvchimiz jim oʻtirsa shukur aytmaymiz-u, 3 tasi shoʻxlik qilsa — bolalardan nolishni boshlaymiz.
25 yil sogʻ-salomat yuramiz-u, 2 oy kasal boʻlsak — noshukurga aylanamiz.
10 yillab toʻkin-sochinlikda yashaymiz-u, 3 oy puldan qiynalsak — norozi boʻlamiz.
20 yil bizga yaxshilik qilgan doʻstimizga rahmat aytmaymiz-u, — 1 oy manfaat koʻrmasak gʻiybatini qilishga oʻtamiz.
Obunchilardan 100 lagan ijobiy izohlar olib, bir marta negativ izoh olsak — blogni tashlab qoʻygimiz keladi.
50 yil bizni ota-ona bilan rizqlantirgan Allohga hamd aytmaymiz-u — ularni olib qoʻyganda "qaysi gunohlarim uchun", deymiz.
Loyiq boʻlmasakda bizni maqtashsa normal qabul qilamiz-u — ammo bir marta adashib tuhmat qilishsa dunyo koʻzimizga tor koʻrinadi.
Nega shunday ekan-a?
“Shuningdek, sizlarga barcha soʻragan narsalaringizdan ato etdi. Agar Allohning neʼmat(lar)ini sanasangiz, sanogʻiga yeta olmaysiz. Haqiqatan, inson (oʻziga) oʻta zolim va (Rabbiga) juda noshukrdir”. 14:34