Siyosiy boshqaruvi zaiflashgan mamlakatlarda — koʻcha jinoyatchi olami hokimiyatni qoʻlga oladi.
Insonlardan, ayniqsa, boylardan bir-ikki soʻm yigʻib, «tirikchilik» qiladi.
Hoʻp, nima uchun aksar aholi ulardan haqiqatan qoʻrqib, oʻz pullarini topshirishadi?
Albatta, bu ularning itoatsizlarga ayovsiz chora koʻrishlari bilan izohlanadi.
Ammo undanda muhimroq faktor — ular gapiga javob berishida.
Yaʼni bajaraman dedimi — albatta, bajaradi.
Qoʻlingni sindiraman dedimi — sindiradi;
Pichoq koʻtardimi — tiqishi shart;
Uyingni buzaman dedimi — buzadi;
Osaman dedimi — osadi.
Bir soʻzliligi uchun ham hurmat qiladi, ham qoʻrqadi.
Hurmat + qoʻrquv = itoat.
Oʻquvchilar bizni gapimizni bir tiyinga olmasligi sababi shumi deymanda..
Gapiramiz — bajarmaymiz.
"Seni otangga aytaman", "sinfdan-sinfga qoldiraman", "imtihonga kirgazmayman" — roʻyxatni juda yaxshi bilasiz.
Bolalar ham ichida "ustoz gapiraveradi", deb boʻy sunmaydi.
Shunday ekan:
Chaqiraman dedingizmi — chaqiring. Ikki qoʻyaman dedingizmi — qoʻying. Jazolayman dedingizmi — jazolang. Boʻlmasa gapirmang.
Xulosa
Koʻcha jinoyatchisi boʻlmang, safsatachi ustoz ham boʻlmang, kuchinskiy ustoz boʻling. 😎
Mohir Mirzaxmedov