Ilk dars berishni — jiyanlardan boshladim.
Keyin — qoʻshnilarga.
Vaqtlar oʻtdi, qoʻshni mahalladan dars berishga taklif tushdi.
Oʻzimga ishonch ortdi.
Kursdoshlarimni oʻqitdim.
Keyin, universitetdan boshqa talabalar qoʻshildi.
Soʻngra, oʻquv markaziga oʻtishga qaror qildim.
6 oy ishlab — koʻplab maqtovlar eshitdim.
Markazda boshqa lavozimga koʻtarildim.
Keyin, Turkiyaga chaqirildim — bir yil ishladim.
Soʻngra, xalqaro maktabga ishga joylashdim.
Shu payt, akam oʻziga yangi mashina oldi-da, oʻzinikini menga hadya qilib yubordi.
Tugadi..