Dars oʻtish boʻyicha oʻrganganlarimni ulashsam — baʼzilar farzand tarbiyasi haqida savol soʻradi.

Soqol qoʻyib yurgandim — hamma diniy masala soʻradi.

Oʻqigan kitoblarimdan gapirsam — koʻpchilik qanday kitob oʻqish boʻyicha maslahat soʻradi.

Farzandim hali chaqaloq — tarbiyalashni bilmayman.

Diniy taʼlim — oʻqimaganman.

Kitobxon emasman.

Hayratlanaman, shunchalik oʻzimni aslimdanda aqlli koʻrsatib qoʻydimmikan?

Oʻylanib tursam — "Taʼsir Psixologiyasi" kitobida "Galo effekti" ga koʻzim tushib qoldi:

Galo — Quyosh atrofidagi nur boʻlib, insonlar koʻzida Quyoshni yanada kattaroq, haybatliroq koʻrinishiga sababchi boʻladi.

"Galo Effekti" birinchi marta 1907 yilda psixolog Fridirix Vels tomonidan tadqiqot qilingan.

Tadqiqotda uchuvchidan qoʻl ostidagi yangi kelgan xizmatchilarini 3 xil yoʻnalish boʻyicha:

- jismoniy koʻrinish;

- aqliy;

- liderlik qobiliyatiga koʻra baholash talab qilinadi.

Natija shuni koʻrsatadiki — jismoniy koʻrinishi chiroyli boʻlgan uchuvchilar boshqalarga qaraganda aqliy qobiliyat va liderlik boʻyicha ham ustunroq deb gumon qilinadi.

Aslida esa chiroy va aqliy qobiliyat oʻrtasida bogʻliqlik yoʻq edi..

Boshqa tadqiqotda esa chiroyli oʻquvchilar, koʻrimsizroqlarga qaraganda yaxshiroq baho olishi aniqlangan.

Misollar har xil, xulosa esa bir — insonlar boshqalardagi bir yaxshi xislatni koʻrib, hamma sohada shunday yaxshi boʻladi deb xato fikrlashadi.

Insonning bu yanglish psixologiyasidan firibgarlar mohirlik bilan foydalanadi — chiroyli kostyum-shim kiyib, xushboʻy atirlar sepadi:

Odamlar esa uni koʻrinishini koʻrib, hamma sohada shunday ilgʻor boʻlsa kerak deb ularga pullarini ishonib topshiradi.

Xulosa

Bir sohada zoʻr degani — hammasida zoʻr degani emas.