Nasiba ismli oʻquvchimdan hamma uztoz noligan.
Uyga vazifa yoʻq. Hecham darsga tayyor emas. Darsda shovqin qiladi. Quloqsiz.
Qiz bolalaligi uchun qattiq turolmasdim. Salgina ovozimni balandlatsam onasi qoʻngʻiroq qilardi.
Shu qadar charchadimki — oxiri yengildim.
"Oʻlib ketmaysanmi oʻqimay!" — deb qoʻl siltadim.
Shunday dedimu ichimdan ovoz keldi: "bitta qizni eplolmasang, nima qilib aqllilik qilib yuribsan, Mohir?".
Yoʻq, bu ketish boʻlmaydi..
Oʻzgaraman! Oʻzgartiraman uni! — dedim oʻzimga ishonch bilan.
Endi men boshqacha ruhda oʻz ustimda ishlashni boshladim:
Kitob oʻqidim, videolar koʻrdim, metodikalar oʻrgandim, maslahatlar oldim.
Xullas, tamoman boshqa insonga aylandim.
Darsga yaxshilab tayyorlandim.
Maktabga «bismillah» ni aytib, yoʻlga chiqar ekanman oʻzimda ichki ishonch sezdim.
Shunday maktabga kelib, Nasibani sinfiga viqor bilan kirsam — Nasiba yoʻq.
Boshqa maktabga oʻtib ketibdi..🤦♂️😅
Tugadi..
Qissadan hissa:
Qiyinchilik — vaqtincha.
Nolima — rivojlanib ol!