Oʻquvchilar sahnalashtirilgan teatr qoʻyib berishi kerak edi.
Taqdirlash uchun sovgʻalar olish bizni boʻynimizga tushgandi.
Oʻylanib qolgan edik, sahna asarida chiqqan maʼlum bir ishtirokchilarga sovgʻa beramizmi yo qatnashgan hammagami?
Qatnashgan hammaga bera qolamiz, deb xulosa qilgandik, bir ustoz eʼtiroz bildirgandilar:
Agar “Alibobo va 40 qaroqchi” sahna asarini oʻynab qolishsa, nima qilamiz? 😂