Blog yuritishimda ham juda asqatgan:

Mashqda sizga istalgan buyum beriladi. Siz esa buyum vazifasini oʻqituvchi vazifasiga oʻxshatib, falsafiy xulosa berishingiz kerak boʻladi.

Masalan — qalam:

Oʻqituvchi ham bola ongiga fikr yozadi, ham kerak emas boʻlgan fikrlarni oʻchiradi.

Faqat yozish bilan ovora boʻlgan qalam oʻtmaslashadi. Sinib qolishi ham mumkin. Toʻxtab, qalamni oʻtkirlashtirib turish kerak.

Uni ikkiga boʻlsangiz ham singanday koʻrinadi, ammo u ikkitaga aylanadi.

Qozon:

Oʻquvchini “pishirish” uchun oʻz “qalbiga” solishi kerak. Aks holda, ming harakat qilmasin — behuda...

Koʻp pishirsangiz kuyadi, kam boʻlsa, bemaza boʻladi. Oʻquvchi bilan munosabatda — balans kerak.

Mashqni tushungandirsiz?

Endi sizning navbatingiz.

Rasmdagi buyumlardan biriga yoki hammasiga pedagogik oʻxshatish bering. Falsafiy xulosa yozing.👇

Eng koʻp like toʻplagan bir nafar ishtirokchiga yaqinda tashkil qilinadigan pullik obuna kanaliga bepul qoʻshilish imkoniyatini beramiz!