Kitob tavsiyalari

Kanal muallifi oʻqigan va tavsiya qilgan 33 ta kitob. Izohlar uning oʻz soʻzlari.

Pedagogika

  • Teach Like a Champion

    Doug Lemov

    Dunyoga mashhur, barcha pedagoglar oʻqishi shart boʻlgan kitob. Darsingiz sifatini oshirishga oid 63 ta maslahat berilgan.

  • Uncommon Sense Teaching

    Turli qobiliyatli talabalarni samarali oʻqitish va umumiy oʻquvchilar iqtidoridan maksimum foydalanish yoʻllari haqida yozilgan kitob.

  • Raqamlar uchun yaralgan idrok

    Barbara Okli

    Matematika, fizika, kimyo va boshqa fanlarni tushunishga qiynaluvchilar uchun ajoyib qoʻllanma. Nega shu kitobni ertaroq oʻqimaganman, deb afsuslandim.

  • Finlandiya Taʼlim Moʻjizasi

    Timoti Uoker

    Pedagogik dunyoqarashni shakllantirishga ajoyib kitob, ammo dars oʻtish uchun samarali metodikalar koʻp berilmagan.

  • Creative Schools (Ijodkor Maktablar)

    Ken Robinson

    Ustozlar, ota-onalar, siyosatchilarga oʻrganishning haqiqiy tabiati va maqsadi haqida kerakli maʼlumotlar berib oʻtadi.

  • The Excellent 11

    Ron Clark

    Muvaffaqiyatli oʻqituvchi, ota-ona va tarbiyachilar bilan muloqot qilgan pedagog ularning umumiy 11 ta xislatini tahlil qilib yozadi.

  • Sizda 45 daqiqa bor!

    Nazokat Yusufjonova

    Kitobda darsni samarali boshlash, enerjayzerlar va turli qiziqarli metodikalar jamlangan.

Psixologiya

  • Mindset

    Carol S. Dweck

    Fikrlashni oʻzgartiradi. Miyamizdagi notoʻgʻri «ustanovka»larni toʻgʻirlashga yordam beradi. Bolalar fikrlashi bilan ishlashni oʻrgatadi.

  • Taʼsir psixologiyasi

    Robert Chaldini

    Insonlardagi oʻzgarmas psixologiyani ochib beradi. Bu orqali insonlarni boshqarishni oʻrganish mumkin.

  • Qanday qilib doʻst orttirish va odamlarga taʼsir etish mumkin?

    Deyl Karnegi

    Odamlar bilan oson munosabat qurishni oʻrgandim.

  • Games People Play

    Erik Berne

    Odamlar ongli va ongsiz ravishda turli psixologik «ijtimoiy oʻyinlar» oʻynaydilar: inson oʻz nafsini qondirish uchun oʻzgalarga ishlatadigan psixologik hiylalar haqida.

  • Hokimiyatning 48 qoidasi

    Robert Grin

    Muallif inson psixologiyasi va boshqaruv uslublarini tarixiy misollar orqali tushuntiradi.

  • Biz nega uxlaymiz?

    Mathew Walker

    Uyquning muhimligini, uyqusizlikning zararlarini shu darajada tushuntirganki, jamiyatdagi barcha muammolar uyquga borib taqaladi deb oʻylaysiz.

  • Zukkolar va Landavurlar

    Malcolm Gladwell

    Muammolarimiz individual harakatlardan koʻra, tashqi omillarga — jamiyat, muhit va baxtli tasodiflarga bogʻliqligini keltiradi.

  • Behalovat Avlod

    Kitob ijtimoiy tarmoqlarning yoshlarga taʼsiri haqida. Hammaga oʻqib chiqishni tavsiya beraman. Koʻzingiz ochiladi!

Oʻz ustida ishlash

  • Beparvolikning nozik sanʼati

    Mark Menson

    Kitobdan muammolarga tik qarash va uni normal qabul qilishni oʻrgandim.

  • Atom odatlar

    Jeyms Klir

    Biz odatlarimiz yigʻindisimiz. Yaxshi odatlar shakllantirish va yomonlaridan tark yetish boʻyicha ideal qoʻllanma.

  • Diqqat: Chalgʻituvchi dunyoda muvaffaqiyat sirlari

    Kel Nyuport

    Teran aqliy mehnat qilish boʻyicha amaliy koʻrsatmalar berilgan. Barcha ustozlar oʻqishi shart deb oʻylayman.

  • Missiya Vypolnima

    Margulan Seysembayev

    Inson oʻz missiyasi va sevimli ishini topish boʻyicha ajoyib koʻrsatma berilgan. Eng foydali jihati vaqt va energiyani boshqarish boʻyicha tavsiyalar boʻldi.

  • Essentialism

    Greg Mckeown

    Koʻproq ishlarni qanday qilish haqida emas, eng toʻgʻri ishlarni qanday saralash va ularga diqqat qilish haqida.

  • Muvaffaqiyatli insonlarning 7 koʻnikmasi

    Steven Kovi

    Hayotni muvozanatga keltirish uchun jismoniy, ijtimoiy-maʼnaviy, ruhiy va aqliy sohalarda faol boʻlish kerak.

  • Savdogarlar ustozi yoxud haqiqiy omad kaliti

    «Ustozsiz bir haftalik yoʻlni, yetti yilda bosib oʻtasan.»

Tarix va jamiyat

  • Muqaddima

    Ibn Haldun

    Tsivilizatsiya va davlatlarning kelib chiqishi haqida fundamental tahlil. Mohiyatan vaziyatni tushuntirib beradigan kitoblarni yoqtiraman.

  • Islam, Authoritarianism and Underdevelopment

    Ahmet T. Kuru

    Musulmon davlatlari rivojlanishda ortda qolishining sabablarini ilmiy tahlil qiladi. Kuru bu masalaga chuqur ilmiy yondashadi.

  • Olam va Odam. Din va Ilm

    Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf

    Musulmonlar tanazzuli haqida yanada koʻproq maʼlumot olish uchun tanlandi. Tarixchilar albatta oʻqishi kerak deb oʻylayman.

  • Manipulyativ diktatorlar

    Sergey Guriyev

    Zamonaviy diktatorlar xalqni turli hiyla-nayrang bilan manipulyatsiya qilishga majbur. Kitob esa oʻsha hiylalarni ochib beradi.

  • Mamlakatlar Tanazzuli Sabablari

    Jeyms Robinson

    Muammolar siyosiy institutlarga bogʻliqligini aytadi.

  • Qurollar, mikroblar va poʻlat

    Jared Diamond

    Muammolar tarixiy va geografik sharoitlarga bogʻliq boʻlishini tushuntiriladi.

  • Faktfulness

    Hans Rosling

    Dunyoni oq qoraga ajratmasdan, chuqurroq va puxtaroq fikrlashni oʻrgatdi. Tarixchilar oʻqishi shart.

  • The 100: A Ranking of the Most Influential Persons in History

    Maykl Hart

    Tarixga eng katta taʼsir qilgan 100 nafar shaxs taʼsir kuchi boʻyicha reytingga kiritilgan.

Badiiy adabiyot

  • Alvido bolalik

    Tohir Malik

    Kitobdan bezori bolalar atay emas, balki jamiyat ularni shu koʻyga solishini tushunib yetdim.

  • Kichkina shahzoda

    Bugun maza qilib qayta oʻqib chiqdim. Falsafiy qismini endi tushundim.

  • Chol va dengiz

    Ernest Xeminguey

    Baʼzan insonlar fikridagi magʻlubiyat, ilohiy gʻalaba boʻlishi mumkin.