Deyl Karnegining "Doʻst orttirish va odamlarga taʼsir oʻtkazish" kitobidan oʻrgangan quyidagi 3 ta usulim oʻquvchilar bilan yaxshi suhbat qurish uchun koʻp manfaat keltirgan:
1. Insonlarni ismlarini eslab qoling va ularga doimo ularning ismi bilan murojaat qiling
Chunki — odamlar uchun oʻz ismlari dunyodagi eng yoqimli soʻz hisoblanadi
2. Oʻzgalar bilan gaplashganda oʻzingiz haqingizda emas, koʻproq ular haqida gaplashing
Sababi — insonlar oʻzlari haqida gapirishni sevadilar
3. Suhbat vaqtida oʻzingiz sevgan mavzuda emas, balki suhbatdoshingiz qiziqqan mavzuda gaplashing
Chunki — har birimiz oʻz dunyoimiz va qiziqishlarimiz orolida yashaymiz.
Bizga yoqadigan mavzuda gaplashish katta ehtimol bilan suhbatdoshingizni zeriktirib qoʻyadi.
Agar qiziqishlarinigiz bir boʻlmasa albatta..
Siz yaxshi suhbatdosh boʻlish uchun yana qanday maslahatlar bera olasiz? Yozib qoldiring.