Oʻqituvchilar pedtexnologiya desa, "baliq skeleti", «yelpigʻich» nomli binnimalarni, savolni stikerga yozib doskaga yopishtirish kabi oʻyinlarni tushunadigan boʻldi.
Oxir-oqibat, hamma bola jim oʻtirib matn yozsa, misol ishlasa, uni chetdan kuzatgan «mutaxassislar» darsni zerikarli deb baholaydigan, oʻqituvchi shundoq oʻoʻtiribdi bekor deb hisoblaydigan boʻldi.
Vaholanki, bolalar sinfda jismoniy harakatlanishi (yurishi, turishi kabi), hamma dars maʼruza tariqasida oʻtmasligi kerakligini inkor qilmagan holda aytish kerakki, ayrim hollarda soatlab oʻtirib dars qilish koʻnikmasini ham rivojlantirish zarur. Ayniqsa, yuqori sinflarda.
Va fan oʻqituvchisining mehnati u oʻqitgan oʻquvchilar qanday koʻnikmaga egaligi bilan oʻlchanishi maqsadga muvofiq.
Ming allambalo «texnologiya» qoʻllab bolalarni zeriktirmasagu, bolalar oʻqigan matnini tushunmasa, oʻzi matn yarata olmasa, oʻrganayotgani nega va qayerda kerak boʻlishini oʻzi idrok qilmasa, zamonaviy pedagoglikka daʼvoyimiz bekor.
Post muallifi: @suvaydo