Hech kimga sir emas, yahudiy xalqi har doim oʻzining aqliy salohiyati, qilgan kashfiyotlari bilan boshqalardan ajralib turgan.

Keling ustozlar, bugun sizlar bilan yahudiy xalqining boyligi ortidagi ayrim sabablarni koʻrib chiqamiz:

1. Baʼzi din va eʼtiqodlarda "Kambagʻallik bu — taqvodorlik" degan yanglish tushuncha mavjud. Yahudiylar esa, pulga ijobiy munosabatda. Iqtisodiy erkin boʻlishga intilishni normal qabul qilishadi.

2. "Olish uchun avval berish kerak" qoidasiga amal qilishadi. Shuning uchun, ular daromadining 10-20% ehson qilishadi.

3. Yahudiylar qadimdan koʻp taʼqibga uchragan va ularning shaxsiy uy-joyi boʻlmagan. Natijada, bor sarmoyani bizga oʻxshab soliq toʻlash, uy qurish va toʻyga emas, ekin yetishtirish, savdo kabi sohalarga tikishgan.

4. Yahudiylar oʻqishga qattiq eʼtibor qaratishadi. Ular umri davomida oʻrtacha 13.4 yil majburiy taʼlim olishadi va 61% aholisi oliy maʼlumotli.

5. Oʻzaro ahillik kuchli. Yahudiy yahudiyni qattiq qoʻllab quvvatlaydi. Bundan tashqari, oʻz boyligini xalqi bilan baham koʻradi. Kimdir yangi biznes ochsa, jamoa uni qoʻllab quvvatlaydi. Biznesi kasodga uchraganlarga yordam berishga harakat qilishadi.

6. Sabr va qatʼiyat. Uzoq qiyinchiliklar bilan oʻtgan tarix yahudiylarni sabr va bardoshli qilib tarbiyalab qoʻygan. Shu xususiyat ularga toʻsiqlarni yengib oʻtishda yordam beradi.

7. Yahudiylarda uzoq ajdodlardan meros boʻlib kelayotgan moliyaviy bilimlar va tajribalar jamlanmasi mavjud.

8. Ota-onalar farzandlariga pul haqiqatlarini oʻrgatishadi. Yahudiylar farzandlariga kichikligidanoq sarflash, sarmoya qilish, investitsiya qilish bilimlarini oʻrgatishadi.

9. Tanish-bilish (Networking) orttirishga qattiq eʼtibor qaratishadi. Ular ishonishadiki, biznesni rivojlantirishda tanishlar oʻrni beqiyos.

P.s: Postni yozishdan qaysidir xalqni maqtash maqsadi koʻzlanmagan.

Eʼtiboringiz uchun rahmat!