1725 yilda Mirzo ibn Mahmud tugʻildi. Oʻrta maktabni bitirgach, madrasada qoʻshimcha taʼlim oldi. Keyinchalik devonda hisobchi lavozimida ishlay boshladi. Daromadi yomon emasdi:
1750 yilda oyligiga turkmandan keltirilgan qora ot sotib oldi. Toʻy qildi. 1773 yilda esa pishiq gʻishtdan qurilgan uy oldi. Har hafta Buxoro bozoriga chiqib, uyiga bozorlik qilib kelardi. 1796 yilda esa qarib vafot etdi.
Tugadi…
Qissadan hissa
Yuqoridagi insonni oʻzim oʻylab topdim. Toʻgʻrirogʻi, hozirgi hayotimizni tarixga solib koʻrdim.
Hech qanday arzigulik ish koʻrmadim.
Bu — bugungi koʻpchiligimizning hayoti:
Maishiy muammolar bilan bandmiz. Mashina olsak, uy qursak, toʻy qilsak boʻldi.
Tarixda qoladigan biror ish qilishni xohlamaymiz. «Bolam-chaqam» deb oʻtib ketishga rozi boʻlamiz.
Oʻzimga nasihat:
Baribir yuz yildan keyin yoʻq boʻlib ketasan.
Allohga tavakkul qil. Katta ishlar bilan band boʻl. Tarixda qoladigan ishlar qil!
Zero:
Unutilishdi. Unutilamiz. Unutilishadi…
02.03.2025 Toshkent. Oʻzbekiston