Bugun jamoat namoziga chiqishimning 4-kuni.

1-kun: Vaqtiga taqab bordim. Odam koʻp, zoʻrgʻa tiqilib kirdim. Joy kamligi uchun namozni noqulay holatda oʻqidim.

2-kun: Ertaroq bordim, ammo qalin kiyinib qoʻyibman — isib ketdim.

3-kun: Juda erta bordim, yengil kiyindim. Ammo eshik oldida oʻtirib qolibman, sovuqda qotib qoldim.

4-kun: Ertaroq bordim, yengilroq kiyindim, eshikdan uzoqroq joy tanladim. Vanihoyat, maza qilib ibodat qildim.

Darslar ham xuddi shunday:

Har bir sinf uchun eng ideal metodni topishga vaqt va urinishlar kerak:

Xatolar qilasiz, darsingiz samarasiz oʻtar balki..

Keyin esa natijaga erishasiz, inshaAlloh!

Qissadan hissalar:

1. Xatolardan xulosa oling.

2. Izlanishdan toʻxtamang!