Siz bloglarni yaxshi yozasiz dedi. Osmonga uchdim.

Mutaxassisga koʻrsatsam, 80 ta imloviy xato topdi. Joyimga tushdim.

Siz zoʻr ustozsiz dedi talabalar. Aslida dars samarasiz oʻtganini bilmasdi ular.

Kamchiliklaringiz oddiy odamlarga koʻrinmaydi. Ular fikr aytishga qodir emas.

Xavfli tarafi, ular maqtaydi. Siz esa oʻz qobigʻingizda yuraverasiz.

• Sizni kimdir maqtayaptimi?

• Yetishib qoldim deb oʻylayapsizmi?

• Zoʻr mutaxassisman degan fikr kelyaptimi?

Unday emas!

Ustozlarga murojaat qiling. Kamchiliklaringiz ustida ishlang.

Rivojlaning!

Ustozlar ham maqtayaptimi?

Boshqa ustoz topish vaqti kelibdi.

Xullas, aytilganidek:

Mukammallikning chegarasi yoʻq.