Darsim muvaffaqiyatsiz oʻtdi. Bolalarga baqirdim.
Oilam bilan kichik narsa ustida janjallashdim.
Kitob oʻqigim kelmayapti. Kayfiyatim yoʻq.
Har oy kamida bir marta kasal boʻlyapman.
Toʻrtala vaziyatni tahlil qidim. Umumiylikni topdim:
Energiyasizlik!
Energiya boʻlmasa — dars, rivojlanish, kayfiyat, sogʻliq, munosabat, xullas hammasiga putur yetadi.
Mashina yoqilgʻisi tugasa — u yurmaydi.
Inson energiyasi tugasa — shaytoniy energiya egallaydi:
Oʻzidan salbiy ifor taratadi. Hayotingizni oʻz «vatani» — jahannamga aylantiradi.
Muvaffaqiyatli insonlar energiya haqida tinimsiz gapirishini tushun yetdim.
Endi yechimga oʻtamiz.
Energiyaning asosiy manbasi: toʻgʻri ovqatlanish, sifatli uyqu, jismoniy faollik (sport).
Toʻgʻri ovqatlanish, uyqu boʻyicha 2 yildan beri kurashaman.
Ammo davomiy sport bilan shugʻullanish pand beryapti:
Ob-havo, vaqt, sogʻliq — xullas bahonalarim koʻp.
Bu ketish boʻlmaydi.
Sogʻliq va energiyasiz nafaqat oʻzimga, balki butun yaqinlarimga ziyon berishdan charchadim..
Yangi yildan chellenj boshlamoqchiman:
Har kuni ertalab yarim soat shugʻullanishni maqsad qildim.
Davomiy boʻlishi uchun — oʻzimga hamrohlar qidiryapman. Jamoa tuzmoqchiman. Bir-birimizni tergash uchun.
Jamoada kimda-kim shugʻullanmasa, aloqaga chiqaman, malomat qilaman.
Agar siz ham davomiy shugʻullanish istagida jamoaga qoʻshilmoqchi boʻlsangiz aloqaga chiqing: @light_upon_light2