“Senga maza, universitetda budjetda oʻqigansan, toza kiyimlarda galstuk taqib oʻqishga borasan”, deyishardi tanishlar.

Ammo buning uchun abituriyentlik paytimda 2 yil uyimdan uzoqda yashab, uch kishi 2×3 metrli kichkina xonada turganimizni, qiyinchilikda oʻqishga tayyorlanganimni, necha marta yigʻlaganimni koʻrmasdi ular.

“Senga maza-da, ingliz tilini oʻrganib olding”, deyishardi tanishlar.

Ammo universitet vaqtida Instagramni oʻchirib, biror kun dars qilishni toʻxtatmasdan, talabalik gashtini surayotganlarga havas qilib, yuklama sabab boshim ogʻrib doktorga borganimni sezmasdi ular.

“Senga maza-da, yaxshi maktablarda ishlaysan, yaxshi daromad topasan”, deyishardi tanishlar.

Ammo biror marta puldan qiynalsam ham foydali kurslardan qolmaganimni, darsdan keyin qolib qoʻshimcha ishlaganlarimni, hamma dam olayotganda tinmay mehnat qilganlarimni koʻrmasdi ular.

Nima demoqchiman?

Havas qilmang — toʻlovi toʻlangan.