Salom, yaxshimisan oʻzim? Uzr, seni yaqin olib sansirayapman, toʻgʻri tushunasan endi... Ammo judayam oʻzgarib ketibsan. Yoshlikdagi goʻzal yuzing qani? Sarv-qomating qani?

Lekin seni hali tiriksan va baquvvatsan deb umid qilaman. Chunki seni deb men har kuni sport bilan shugʻullanayopman, shuning uchun meni duo qilib qoʻyish esingdan chiqmasin.

Esingdami sen yoshligingda "Qariganimda qilib olarman" deb koʻp yaxshiliklarni chetga surarding. Endi gapingni ustidan chiq "mujik".

Esingdami "Qirqqa kirganda tavba qilib olarman" derding. Endi esa saksondasan, tavba qilyapsanmi ishqilib?

Sen tomonda nima yangiliklar oʻzi?...Nechta farzanding bor?...Farzandlaringa qanday tarbiya berding?... Nimalarni qoyillatding?... Ummatga hizmat qildingmi?... Oʻz ortingdan sadaqai joriyalar qoldirdingmi?...Shayton seni yoʻldan urib qoʻymadimi ishqilib?...

Savol va maslahatlarim koʻp, ammo seni chalgʻitishni istamayman. Chunki seni va meni qiladigan ishimiz hali koʻp.

Sendan "qaysi xatolarni qilmay", deb soʻragan boʻlardim-u, ammo shu xatolarni oʻzim qilib koʻrmagunimgacha xatoligini baribir tushunib yetmayman..

Sakson yoshdagi men, umid qilamanki sen hozir bu postimni emas, Qurʼon oʻqib oʻtiribsan. Seni duo qilib qoluvchi yigirma yetti yoshdagi sen...

Mohir Mirzaxmedov

08.05.2024 Toshkent, Oʻzbekiston