Yoshlar psixologiyasi, oʻzini tutishi, qoʻyingki, barcha jabhalaridagi oʻzgarishlar taxminan 13 - 19 yoshlarga toʻgʻri keladi.
Amerikada bu yosh davrida ota-ona va bolalar bir oyda oʻrtacha 20 marotaba urushishi aniqlangan.
Ayniqsa, 18 yosh:
- Narkotik, sintetik tabletkalar isteʼmol qilish;
- Jinoyat sodiq qilish;
- Depressiyaga tushish;
- Oʻz joniga qasd qilishning eng yuqori nuqtasidir.
Avvaliga, Amerika va Yevropa davlatlarida yuqoridagi muammolar barcha bolalarda uchraydigan tabiiy biologik oʻzgarishlar natijasida yuzaga keladi deb hisoblangan.
Ammo 1991-yil izlanishlarida 186 ta mamlakatda yoshlar inqirozi kuzatilmasligi aniqlangan.
Shunda oʻsmirlik inqirozi faqatgina biologik emas, balki ijtimoiy faktorlar sababli yuzaga kelishi maʼlum boʻlgan.
Bunda qisman — zamonaviy maktablar, televizor, kinolarni oʻrni bor.
Ammo psixolog Robert Epstein yoshlar inqirozining eng asosiy ijtimoiy sababi — «artificial extension of childhood» yaʼni "bolalik davrini sunʼiy ravishda uzaytirilishi" deb hisoblaydi.
Yaʼni yetilgan oʻsmirlarni goʻdak deb hisoblash, ularni kattalardan ajratish, ularga ortiqcha chegaralar qoʻyish.
Tadqiqotga koʻra, Amerikadagi oʻsmirlarga:
- Kattalarga nisbatan 10;
- Harbiy dengiz askarlariga nisbatan 2;
- Va, hattoki, qamoqxona mahbuslariga (!) nisbatan 2 barobar koʻp taqiqlar mavjud.
Bu esa bolalar erkinligini boʻgʻib ularda psixologik muammolarni keltirib chiqaradi.
Professori Diane Dumas ham oʻz maqolasida — «infantilizing» yaʼni oʻsmirlarni goʻdak deb hisoblash va yoshlar orasidagi psixologik ruhiy kasalliklar ortishida oʻzaro bogʻliqlik borligini keltirib oʻtadi.
Xulosa
Oʻsmirlik inqiroziga asosiy sabab — tabiiy gormonlar emas, ijtimoiy taqiqlar.
Yaʼni
Bolalar «psixlashib» ketmayapti, biz ularni «psix»ga aylantiryapmiz.
P.s: Nima uchun katta bolalarni hali ham goʻdak deb hisoblash odati urfga kiryapti deb oʻylaysiz?