IELTSʼga tayyorlangan vaqtimda testlar yechardim. Baʼzi savollarga ikkilanib, notoʻgʻri variantni belgilab qoʻyardim. Toʻgʻri javobini koʻrgach esa:
“E, toʻgʻri javob shu ekanligini bilardim-ku! Qanday xato qildim?”
deb oʻylab qolardim.
Keyin bildimki, aslida bilmas yoki chala bilar ekanman. Bilganimda toʻgʻri yechardimku axir..
Bu holat fanda “hindsight bias” — orqaga qarash sindromi deb atalar ekan.
1975-yilda Psixolog Fishxof aynan shunday xolatlarni oʻrganish uchun qiziqarli tajriba oʻtkazadi:
Ishtirokchilarga 1814-yilda Britaniya va Nepal (Gurxlar) oʻrtasida boʻlib oʻtgan urush haqida umumiy maʼlumot beriladi.
Lekin urushning qanday yakunlangani aytilmaydi.
Soʻngra 4 guruhga turlicha yakun maʼlum qilinadi:
1-gruppaga: Britaniya yutgan.
2-gruppaga: Gurxlar yutgan.
3-gruppaga: Urush kelishuv bilan tugagan.
4-gruppaga: Urush kelishuvsiz tugagan deyiladi.
Soʻng har bir guruhdan soʻraladi:
“Voqealar shu tarzda tugash ehtimoli qanchalik yuqori edi?”
Natija: Har kimga qanday natija aytib qoʻyilgan boʻlsa, aynan oʻsha yakunni “men shunday boʻlishini oldindan bilgandim” deb baholaydi.
Xulosa:
Orqaga qarash sindromi — voqea natijasi maʼlum boʻlgach, uni “men oldindan bilardim” deb oʻylash xatosidir. Bu:
• Xatolardan toʻgʻri saboq chiqarishga toʻsqinlik qiladi,
• Qaror qabul qilish qobiliyatini pasaytiradi,
• Oʻz bilimi va intuitsiyasiga ortiqcha ishonishga olib keladi
• “Keyingi safar yaxshiroq boʻladi” deb oʻzini aldashga olib keladi
• Yolgʻon ishonch hissi paydo qiladi
Shu sababli ham "Men bilardim" emas:
— Nega shunday qaror qildim?
— Qanday fikr yuritdim? degan savollar rivoj uchun muhimroq.
Siz ham shunday holatni boshingizdan oʻtkazganmisiz?