Bu yerda pedagogikaga oid boʻlmagan kitoblar roʻyxatini keltirdim:

Mark Menson: Beparvolikning nozik sanʼati:

Oʻqituvchi deyarli har soatda muammolarga duch keladi.

Kitobdan muammolarga tik qarash va uni normal qabul qilishni oʻrgandim. Inglizchada sal bemazaroq yozilgan. 😅

Tohir Malik: Alvido bolalik

Rahmatli Tohir aka daho yozuvchi edilar.

Kitoblari oʻzgacha: asarlarini yozish jarayonida bolalar uyi, qamoqxona, hatto diskotekaga borib, kuzatganlar.

Kitobdan bezori bolalar atay emas, balki jamiyat ularni shu koʻyga solishini tushunib yetdim. Koʻcha bolalari bilan yaxshi chiqishaman shundan beri.)

Margulan Seysembayev: Missiya Vipolnima

Margulan amaqini hurmat qilaman. Kitobida inson oʻz missiyasi va sevimli ishini topish boʻyicha ajoyib koʻrsatma berilgan.

Eng foydali jihati vaqt va energiyani boshqarish boʻyicha berilgan tavsiyalar boʻldi.

Kel Nyuport: Diqqat: Chalgʻituvchi dunyoda muvaffaqiyat sirlari

Teran aqliy mehnat qilish boʻyicha amaliy koʻrsatmalar berilgan. Barcha ustozlar oʻqishi shart deb oʻylayman.

Hans Rosling: Faktfulness

Dunyoni oq qoraga ajratmasdan, chuqurroq va puxtaroq fikrlashni oʻrgatdi. Tarixchilar oʻqishi shart.

Jeyms Klir: Atom odatlar

Biz odatlarimiz yigʻindisimiz. Yaxshi odatlar shakllantirish va yomonlaridan tark yetish boʻyicha ideal qoʻllanma.

Carol S. Dweckt: Mindset. Changing the way you think to fulfil your potential

Fikrlashni oʻzgartiradi. Miyamizdagi notoʻgʻri «ustanovka»larni toʻgʻirlashga yordam beradi. Bolalar fikrlashi bilan ishlashni oʻrgatadi.

Robert Chaldini: Taʼsir psixologiyasi

Insonlardagi oʻzgarmas psixologiyani ochib beradi. Bu orqali insonlarni boshqarishni oʻrganish mumkin.

Deyl Karnegi: Qanday qilib doʻst orttirish va odamlarga taʼsir etish mumkin?

Odamlar bilan oson munosabat qurishni oʻrgandim.

Qalovini topsang qor yonadi deganlaridek — insonlarning qalovini topib, yondirishni oʻrgatadi.

Sizga qanday kitoblar oʻqituvchilikda manfaat keltirgan? Yozib qoldiring.