Dunyo boʻylab 20% aholi surunkali kech qoladi.
Bizni xalqlarda 50% boʻlsa kerak).
Shaxsan oʻzim — "Kech qoluvchilardan aziyat chekish" faxriy koʻkrak nishoni egasiman.
Bilsam — kech qoluvchilar atay emas, asosan quyidagi sabablar orqali kech qolarkan:
1. Perfektsionizm. Baʼzi insonlar ishini mukammal tugatib, keyin oʻrnidan turishga odatlanadi. Mukammallik — ushlanib qolib, kechikishiga sababchi boʻladi.
2. Kutishni yomon koʻrish. Ayrim kech qoluvchilar uchun erta kelib, boshqalarni kutib oʻtirish — doʻzax azobi. Shu sababli, vaqtiga taqab kelishga harakat qiladi.
3. Vaqtni oʻlchay olmaslik. Baʼzi kech qoluvchilar vaqtni his qila olishmaydi: ular uchun 1 soatlik yoʻl — 20 daqiqadek goʻyo.
4. Ortiqcha optimizm sindromi. Kech qoluvchilar uchun favqulodda holatlar mavjud emas: ular nazdida doimo yoʻllari boʻm-boʻsh, faqat yashil chiroq yonadi.
5. Yoʻq deya olmaslik. Ayrimlar oʻziga ishonchi pastligi sababli — «yoʻq» deya olishmaydi. Hammaga yoqaman deb, kunlik vaqtlarini tartibsiz holatga keltirishadi.
6. Madaniyat taʼsiri. Shaharlashuv, zavod-fabrika va poyezdlar kech kirib kelgan oʻlkalarda insonlar — qatʼiy emas, moslashuvchan tizimga koʻnikishgan.
— Yechim qanday?
— Bu endi boshqa postda.
P.s: Hammamiz kech qolamiz. Post surunkali kech qoluvchilar haqida edi.
Foydalandim: TEDx Talks, Psychology Today
Postni kech qoluvchilarga yuborib qoʻyamiz.