1-tavsiya: Juftliklar yoki kichik guruhlarga boʻling
Juftliklarga boʻlish — talabalarni koʻproq gapirtirishning eng samarali uslublaridan
Taklifim — juftliklar tez ilgʻab oladigan va oʻzlashtirishi sekinroq boʻlgan oʻquvchilardan tashkil topsin
Mavzuni qisqa qilib tushuntirib bering
Iloji boʻlsa, oʻquvchilar oʻzlari mavzuni kitobdan oʻqib tushunishlariga harakat qilib koʻring
Masalan, agar tarix ustozi boʻlsangiz — talabalarga maʼlum bir sahifani berib, oʻqib chiqishlari uchun vaqt bering
Soʻngra oʻquvchilar tushungan mavzusini bir-birlariga tushuntirib berishlari kerak
Bu vaqtda siz — futbol murabbiyi kabi faqat «futbolchilarni» kuzatib, ularga yoʻnalish berib turishingiz maqsadga muvofiq
Ushbu metodning foydalari:
- Barcha oʻquvchilarni gapirishga majbur qiladi;
- Talabalarda tushuntirib berish koʻnikmasi shakllanadi;
- Ustozni toliqishdan saqlaydi;
- Talabalar bir-birining tilidan mavzuni tushunishi osonlashadi.
Metod manfaatli boʻlgan boʻlsa, izohlarda yozib qoldiring.