3-4 yil avval boshqalar menga nimadir qilib berishga:

Ota-onam — oʻqishga kirishimga;

Togʻam — ish topishimga;

Opam — sogʻligʻimga;

Doʻstlarim — pulim yoʻqligida yordam berishga majbur deb hisoblardim.

Kutuvlarim amalga oshmadimi — demak ular aybdor.

Umuman olganda, hozir ham aksariyatimizda boshqalardan katta kutuvlarimiz bor

Menimcha, kutuvlarimiz sababi — Ertaklar!

Chunki, hech oʻylab koʻrganmisiz ertaklarda qahramon ichki emas, tashqi taʼsirlar yordamida qahramonga aylanadi:

Oʻrgimchak odam oʻz mehnati bilan emas, balki oʻrgimchak uni chaqib olgani;

Alovuddin — sehrli chiroq topib olishi;

Hoshimjon — sehrli qalpoqcha;

Jek va loviya poyasida — oltin tuxum qoʻyuvchi gʻoz;

Mushuk ayol — mushuklar tishlashi;

Asteriks — sehrli damlama orqali qahramonga aylanadi.

Qizlarga atalgan hikoyalarda ham ayollar oʻz ustida ishlashlari emas, balki umr davomida oʻz shahzodalari kelib ularni hayotlarini oʻzgartirishlariga urgʻu beriladi:

Ajdarho changalidagi Fionani Shrek qutqarishi;

Uxlayotgan opogʻoyni shahzoda boʻsa bilan qutqarishi (nomahramni oʻpmay oʻl betamiz😅) va boshqalar bunga misol boʻladi.

Bu kabi ertaklar goʻyo hayotimizda bir voqea boʻlsayu hayotimiz birdaniga oʻzgarib ketishiga, hayotimizda "Sehrli tabletkalar" borligiga ishontirishadi

Eng yomoni, bizda masʼuliyatsizlik va hayotda sodir boʻlgan muammolarga boshqalarni ayblash koʻnikmasi shakllanadi

Firibgar marketologlar ham insonlarning aynan shu fikrlashidan foydalanib: "Mana shu mahsulotni olsang, hayoting tubdan oʻzgarib ketadi" - deb insonlarni chuv tushirishadi.

Aslini olganda hayotimizda moʻʼjizalar mavjud va bir voqea hayotimizni oʻzgartirishida ham haqiqat bor

Faqat farqi — birinchi qadamni siz tashlab, ushbu yoʻlda sabr bilan turish kerak!

Siz qanday fikrdasiz?