Farzandi yoki oʻquvchisi faqat oʻzini oʻylaydigan, xudbin boʻlib ulgʻaygan ustoz yoki ota-onaga havas qilib boʻlmaydi.
Chunki jamiyat uchun masʼuliyatli, gʻamxoʻr va hamdard insonni tarbiyalash — kattalarning eng asosiy vazifalaridan biri.
Egoizmning oldini olish uchun nima qilish kerak?
1. Bolaning maqsadiga injiqlik yoki koʻz yosh orqali erishishiga yoʻl qoʻymaslik.
2. Uning eʼtiborini biron narsa faqat unda borligiga emas, balki uni boshqalar bilan boʻlishish ahamiyatiga qaratish.
3. Biror narsaning oxirgisini berayotganda, uni boshqalar bilan boʻlishishga oʻrgatish.
4. Bolani atrofidagilarning ijobiy jihatlarini kuzatish va ular haqida fikr bildirishga ragʻbatlantirish.
5. Uning tengdoshlari bilan qiyoslashdan ehtiyot boʻlish, ayniqsa, «sen ulardan yaxshi», «ular senga yeta olmaydi» kabi fikrlarni singdirmaslik.
6. Uy ishlarida ishtirok etishni odatga aylantirish.
7. «Sen uchun mana buni qildik» kabi yondashuvdan qochish, yaʼni unga atrofidagilar nimadir qurbon berayotganini tajovuzkorlik bilan koʻrsatmaslik.
Eng muhimi, egoizm koʻp hollarda insonning oʻzini goʻyoki tanlangan va boshqalardan ustun deb his qilishidan paydo boʻladi.
Shu bois bolaga muhabbat va ishonchni uygʻotishda, uning shaxsiy qadriyatlarini shakllantirishda hushyor boʻlish kerak.
Zero, ustoz va ota-ona mehri oxir-oqibat gʻamxoʻr va hamdard insonni tarbiyalashi lozim.