— Yaxshi koʻrgan qizim borligini, u bilan smslashib yurishimizni ota-onam bilib qolishdi. Telefonimni olib qoʻyishdi.
Shu qiz bilan yozishmasin deb planshet, kompyuterimgacha tortib olishdi.
— Keyin nima qilding?
— Boshqa yoʻlini topdim. Televizorda yozishishni boshladik. 😂
Shunda xulosa qilgandim:
Yillar davomida tarbiya bermay, birdaniga keskin taʼqiqlar qoʻyish samara berishi qiyin ekan.
P.s: Hozirgi smart televizorlarda internetga kirsa boʻladi.